Toshkent aeroporti hududini suv bosdi

© TelegramLiven v Tashkente
Liven v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
So‘nggi uch kun davomida tinimsiz yomg‘ir yog‘ishi natijasida Toshkent aeroporti hududida ulkan ko‘lmaklar paydo bo‘ldi.

TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. Uch kun davom etgan yomg‘ir natijasida Islom Karimov nomidagi Toshkent aeroportini suv bosdi, deb xabar qilmoqda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari.

Yuqoridagi suratdan ko‘rinib turibdiki, aeroport binosi oldidagi hudud suv ostida qolgan, oyoqni namlamasdan jomadon tashiydigan aravachalarga yetishning iloji yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, sinoptiklar ushbu haftada O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi tomonidan sovuq havo massalari kelayotgani haqida ogohlantirishgan edi. Fevral boshida havo harorati isishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0