Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimida yangi dastur joriy etiladi

© Foto / Ilya BuyanovskiyJilie doma v Tashkente
Jilie doma v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Obod uy” elektron dasturi – xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarida majburiy badallarning hisob-kitobini yuritish va axborot-maslahat olish imkonini beradigan billing tizimi hisoblanadi.

TOShKENT, 31 yanv – Sputnik. Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.

Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali xabar qildi.

Qaror bilan ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimiga “Obod uy” elektron dasturini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Pasport grajdanina Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda doimiy propiska qilish tartibiga o‘zgartirishlar kiritiladi

Mazkur chora-tadbirlar rejasiga muvofiq 2019-yil 1-mayga qadar “Obod uy” elektron dasturi va uning mobil ilovasi joriy etiladi.

Eslatib o‘tamiz, “Obod uy” elektron dasturi – xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarida majburiy badallarning hisob-kitobini yuritish va axborot-maslahat olish imkonini beradigan billing tizimi hisoblanadi.

Ushbu tizim Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida namunaviy tarzda joriy etilib, sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan.

Yangiliklar lentasi
0