Dushanbe markazida birinchi o‘zbek fast-fud tamaddixonasi ochildi

Obuna bo‘lish
Mijozlarning so‘zlariga ko‘ra, odamlarning ko‘pligidan mashhur o‘zbekcha non kabobni tatib ko‘rish hammaga nasib etmagan.

TOShKENT, 28 yanv - Sputnik. Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida "Toshkent non kabob" nomli birinchi o‘zbek fast-fud tamaddixonasi ochildi. 

Mijozlarning so‘zlariga ko‘ra, odamlarning ko‘pligidan mashhur o‘zbekcha non kabobni tatib ko‘rish hammaga nasib etmagan.

Birinchi o‘zbek fast-fudiga tashrif buyurgan mijozlardan biri o‘zining Instagram sahifasida u yerga lazzatli taomni tanavvul qilgani borgani, ammo turnaqator navbat tufayli tatib ko‘rish nasib qilmagani yozadi.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot 🇭🇺📸Kurkalova🙈Inna📸🇭🇺 (@inna_kurkalova)

Mahalliy aholiga xizmat ko‘rsatish hamda non kabobning o‘zi manzur kelmoqda.

Shuningdek, non kabob narxlari hamonbop ekanligini qayd etishgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq tojikistonlik tadbirkor O‘zbekistonda chips ishlab chiqaruvchi korxonani ochgani haqida xabar qilgandik.

Yangiliklar lentasi
0