TOShKENT, 23 yanv – Sputnik. Turkiyaning FSM Traktor kompaniyasi O‘zbekistonda qishloq xo‘jalik texnikasini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi xabar qildi.
Qo‘mita vakillari bilan FSM Traktor kompaniyasining boshqaruv raisi Erdogan Oren uchrashdi.
Tomonlar qishloq xo‘jalik texnikasini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha qo‘shma investitsion loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qilishdi.
Investor ma’lumotiga ko‘ra, boshlang‘ich bosqichlarda 75 dan 150 ot kuchiga ega bo‘lgan traktorlarni yig‘ish sanoatini tashkil etish rejalashtirilmoqda.