Qozog‘istonda davlat nomini o‘zgartirish taklif qilindi

Obuna bo‘lish
Deputatning so‘zlariga qaraganda, “Qozog‘iston” nomi norasmiy so‘zlashuv va yozishmalarda ishlatish mumkin bo‘ladi.

TOShKENT, 23 yanv – Sputnik. Qozog‘iston parlamentining quyi palatasi “Ak jol” demokratik partiya fraksiyasi rahbari Ozod Peruashev deputatlik so‘rovini o‘qib eshittirdi. Unda mamlakat rasmiy nomini Qozoq Respublikasiga o‘zgaritish taklif qilingan. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

“Biz hukumatga “Qozoq Respublikasi” rasmiy nomini amalga kiritish masalasini ko‘rib chiqishni taklif qildik”, - dedi Peruashev.

Deputat so‘zlariga qaraganda, “Qozog‘iston” nomi norasmiy so‘zlashuv va yozishmalarda ishlatish mumkin bo‘ladi.

“Ko‘p davlatlarning tajribasiga ko‘ra, respublikani tashkil qilgan millat nomi bilan nomlash zarur. Bu masala tarixiy adolatga ega”, - deb qo‘shimcha qildi deputat.

Yangiliklar lentasi
0