Manba Serbiyada Putinga suiqasd uyushtirish rejalashtirilganini rad etdi

© AP Photo / Boris GrdanoskiRabota serbskoy politsii
Rabota serbskoy politsii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Serbiyada suiqasd qilmoqchi bo‘lganlikda gumon qilingan 21 yoshli Armin Alibashich qo‘lga olingani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

TOShKENT, 17 yanv – Sputnik. Serbiyada jangari Armin Alibashichning qo‘lga olinishi Putinning bo‘lajak tashrifiga hech qanday aloqasi yo‘q. Bu haqda RIA Novosti Sputnik Serbiya xabariga asosan ma’lum qildi.

Avvalroq OAVlarida Serbiyaning Novi-Pazar shahri yaqinidagi Potok qishlog‘ida suiqasd qilmoqchi bo‘lganlikda gumon qilingan 21 yoshli Armin Alibashich qo‘lga olingani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi. Jinoyatchining rukzagida optik nishonga olgichli pnevmatik qurol va bir nechta pichoq topilgan.

Prezident RF Vladimir Putin vo vremya yejegodnoy bolshoy press-konferensii v Sentre mejdunarodnoy torgovli na Krasnoy Presne - Sputnik O‘zbekiston
Peskov - Putin so‘kinishi mumkinmi degan savolga javob berdi

Shundan so‘ng terrorchining Bukresh qishlog‘idagi uyida tintuv o‘tkazilgan. Tintuv vaqtida katta miqdorda qurol-aslaha va bomba tayyorlash uchun qurilma, jumladan kimoviy moddalar va detonator uchun komponentlar aniqlangan. Shuningdek, gumonlanuvchining uyida IShID bayrog‘i hamda ushbu terrorchilik guruhining tashviqot materiallari va adabiyoti topilgan.

Serbiya nashrlari qo‘lga olingan jangari Rossiya rahbariga suiqasd uyushtirishni rejalashtirgani haqida ma’lumot tarqatishadi. Ammo huquqni muhofaza qiluvchi organ tomonidan ushbu versiya rasmiy tasdig‘ini topmadi.

Eslatib o‘tamiz, Vladimir Putinning Serbiyaga tashrifi 2019-yil 17-yanvarda rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0