TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi uylardan birida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.
“Oqibatda uyning 4 kv.m maydonida divani yonib, zarar ko‘rgan. Shu bilan birga, E.P.ning kuygan holdagi jasadi topilgan va uning uyida mehmonda bo‘lgan qo‘shnisi N.R. (ismli ayol) tutundan zaharlanib, kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan”, - deyilgan xabarda.
Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.