TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. Rostov viloyatining Shaxti shahrida maishiy gaz portlashi oqibatida ko‘p qavatli binoning 2 ta qavati qulab tushdi.
RIA Novostining xabar berishicha, ushbu hodisa 14-yanvar, dushanba kuni sahar sodir bo‘lgan.
Portlash oqibatida sakkizinchi va to‘qqizinchi qavatlarda joylashgan 4 ta kvartira zarar ko‘rgan.
Qutqaruvchilar vayronalar ostidan yetti kishini chiqarib olishgan. Ular orasida ona va bola ham bor. 140 kishi evakuatsiya qilingan.
Dastlabki xabarlarga ko‘ra, vayronlar ostida yana yetti nafar istiqomat qiluvchilar bo‘lishi mumkin.