MO mamlakatlari fuqarolari Qozog‘istonda terakt uyushtirishni rejalashtirishgan

Obuna bo‘lish
Qo‘lga olinganlardan qurol-yaroq hamda terrorchilik aktini amalga oshirishda ishlatilishi mumkin bo‘lgan asbob-uskunalar musodara qilingan.

Qozog‘iston Milliy Xavfsizlik qo‘mitasi (MXQ)ning maxsus operatsiyasi Olmaota shahrida o‘tkazilgan.

Qo‘mita xodimlari Qozog‘istonda terakt uyushtirishni rejalashtirgan Markaziy Osiyo mamlakatlari fuqarolarini hibsga olishdi.

10 yanvar kuni o‘tkazilgan maxsus operatsiya tasviri qo‘mitaning Youtube-kanalida joylashtirildi.

Gumon qilinuvchilardan qurol-yaroq hamda terrorchilik akti sodir etishda ishlatilishi mumkin bo‘lgan asbob-uskunalar musodara qilindi. Gumon qilinuvchilar ortidan kuzatuv olib borilgan. MXQ kadrlarida qo‘lga olingan olti kishini ko‘rish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0