Britaniyalik olimlar saratonning yettita asosiy alomatlarini sanab o‘tishdi

© Sputnik / Nikolay Xijnyak / Mediabankka o‘tishNa osmotre u vracha. Illyustrativnoe foto
Na osmotre u vracha. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Olimlar sanab o‘tgan alomatlar onkologiyaga bog‘liq bo‘lmasligi mumkin. Ammo shu kabi alomatlar paydo bo‘lsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qilish maslahat beriladi.

TOShKENT, 14 yanv – Sputnik. Londonning Makmillan onkologik markazi olimlari yettita asosiy belgilarni keltirib o‘tishdi. Ushbu belgilar eng xavfli kasallik – saraton rivojlanayotgani haqida darak berishi mumkin, deb yozadi Daily Express nashri.

Ichak yoki qovuq ish faoliyatining to‘satdan o‘zgarishi, tushunib bo‘lmaydigan qon ketish, ko‘krak yoki boshqa joyda yo‘g‘onlik (tuguncha) paydo bo‘lishi, yutinishdagi qiyinchilik, xol rangi yoki o‘lchamining o‘zgarishi, qattiq xirillab yo‘talish va uzoq bitmaydigan yara asosiy xavotirli belgilar bo‘lishi mumkin.

Proizvodstvo lekarstv na farmatsevticheskoy fabrike - Sputnik O‘zbekiston
Olimlar saraton kasalligining turli ko‘rinishlariga qarshi dori ishlab chiqishdi

Olimlar sanab o‘tilgan alomatlar onkologiyaga bog‘liq ham bo‘lmasligi mumkinligi ta’kidlab o‘tishdi. Ammo shu kabi alomatlar paydo bo‘lsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qilishlarini maslahat berdilar.

Shuningdek, mutaxassislar turmush tarzini o‘zgartirib, saratonning oldini olish mumkinligi qo‘shimcha qilishdi. Xususan, tamaki chekmaslik, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, alkogol iste’molini kamaytirish hamda quyoshdan himoya qiluvchi kosmetikadan foydalanishni keltirish o‘tishdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2030-yilga kelib saraton xastaligi tufayli vafot etganlar soni taxminan 13,5 million kishini tashkil qilishi mumkinligi haqida xabar bergandik.

Yangiliklar lentasi
0