Dunyoning eng badavlat odami ajrashmoqda

© AP Photo / Ted S. WarrenGeneralniy direktor Amazon Djeff Bezos
Generalniy direktor Amazon Djeff Bezos - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amazon kompaniyasi rahbari va amerikalik tadbirkor Jeff Bezos o‘z rafiqasi bilan ajrashayotgani haqida Twitter sahifasida ma’lum qildi.

TOShKENT, 10 yanv - Sputnik. Dunyoning eng boy odami Jeff Bezos va uning rafiqasi Makkenzi ko‘p yillik turmushdan keyin ajrashishlarini e’lon qilishdi. 

Forbes ma’lumotiga ko‘ra, Amazon kompaniyasi rahbarining boyligi 150 milliard dollarni tashkil qiladi.

Glava kompanii Amazon milliarder Djeff Bezos - Sputnik O‘zbekiston
Yerning eng boy odami bu safar savdo sohasi vakili - Forbes

“Biz odamlar hayotimiz qay tarzda davom etayotganini bilishlarini istaymiz. Uzoq o‘rganishdan va alohida yashashga urinishdan keyin biz ajrashishga va do‘st bo‘lib qolishga qaror qildik”, deb keltirilgan Twitter᾽da Jeff Bezos va uning rafiqasi Makkenzi Bezosning qo‘shma bayonotida. 

Eslatib o‘tamiz, Jeff Bezos va Makkenzi Tattl 1993-yilda turmush qurgan. Juftlikning 3 o‘g‘li va bir xitoylik asrandi qizi bor.  

2018 yilning mart oyida Bezos Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geytsni ortda qoldirib, Forbes jurnali talqini bo‘yicha dunyoning eng badavlat odami sifatida tan olingan edi.

Yangiliklar lentasi
0