Ertaga O‘zbekistonga Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri tashrif buyuradi

© Sputnik / Tigran MegrabanRukopojatie
Rukopojatie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston delegatsiyasi Afg‘oniston ishtirokidagi “Hindiston – Markaziy Osiyo” muloqotining Samarqand shahrida o‘tkaziladigan birinchi vazirlar uchrashuvida ham ishtirok etadi.

TOShKENT, 9 yanv – Sputnik. 2019-yil 10-yanvar kuni O‘zbekistonga Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyuradi, deb xabar qildi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Tashrif dasturidan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish o‘rin olgan.

Qirg‘iziston delegatsiyasi Afg‘oniston ishtirokidagi “Hindiston – Markaziy Osiyo” muloqotining Samarqand shahrida o‘tkaziladigan birinchi vazirlar uchrashuvida ham ishtirok etadi.

Yangiliklar lentasi
0