Ektor Kuperning yakuniy ro‘yxatidan kimlar o‘rin oldi?

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaGlavniy trener sbornoy Uzbekistana Ektor Kuper
Glavniy trener sbornoy Uzbekistana Ektor Kuper - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston milliy terma jamoasi ayni kunlarda Turiyaning Antaliya shahrida jiddiy tayyorgarlik olib bormoqda.

TOShKENT, 25 dek - Sputnik. Milliy terma jamoa bosh murabbiyi Ektor Kuper qit’a birinchiligida O‘zbekiston sha’nini himoya qiladigan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar qildi.

Qit’a birinchiligi 5-yanvar kuni Birlashgan Arab Amirliklarida boshlanadi. O‘zbekiston terma jamoasi 9, 13 va 17-yanvar kunlari Ummon, Turkmaniston va Yaponiyaga qarshi maydonga tushadi.

Olimpiyskaya sbornaya Uzbekistana – pobeditel mejdunarodnogo turnira Dubai Cup - Sputnik O‘zbekiston
Koreya jamoasi hujumchisi: O‘zbekiston terma jamoasi o‘zbek futbolining oltin avlodi

Quyida Osiyo Kubogi musobaqasiga yo‘l oladigan O‘zbekiston milliy terma jamoasining yakuniy tarkibi bilan tanishishingiz mumkin:

Darvozabonlar: Ignatiy Nesterov ("Lokomotiv"), O‘tkir Yusupov ("Qo‘qon-1912"), Sanjar Quvvatov ("Nasaf").

Himoyachilar: Yegor Krimes ("Paxtakor"), Anzur Ismoilov ("Lokomotiv"), Doston Tursunov ("Renofa Yamaguchi", Yaponiya), Islom To‘xtaxo‘jayev ("Lokomotiv"), Oleg Zoteyev ("Lokomotiv"), Farrux Sayfiyev ("Paxtakor"), Akmal Shorahmedov ("Paxtakor"), Davron Hoshimov ("Navbahor").

Yarim himoyachilar: Odil Hamrobekov ("Nasaf"), Odil Ahmedov ("Shanxay SIPG", Xitoy), Otabek Shukurov ("Sharja", BAA), Fozil Musayev ("Jubilo Ivata", Yaponiya), Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor"), Aziz Turg‘unboyev ("Navbahor"), Doston Hamdamov ("Anji", Rossiya), Javohir Sidiqov ("Qo‘qon-1912"), Ikrom Aliboyev ("Seul", Janubiy Koreya), Eldor Shomurodov ("Rostov", Rossiya)

Hujumchilar: Marat Bikmayev ("Lokomotiv"), Sardor Rashidov ("Lokomotiv").

Yangiliklar lentasi
0