O‘zbekistonda arxeologlar Buyuk Xitoy devoriga o‘xshash devorni topishdi

© Sputnik / Emma ZilivinskayaArxeologicheskie raskopki
Arxeologicheskie raskopki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ekspeditsiya ishtirokchilari bu tizimni shartli ravishda “Buyuk Baqtriya devori” deb atashmoqda.

TOShKENT, 24 dek - Sputnik. Rossiya Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti xodimlari O‘zbekiston Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti hamkabslari bilan birgalikda eramizdan avvalgi III asrga mansub qadimgi Baqtriyaning shimoliy chegaralarida ko‘chmanchilar hujumidan himoyalanish uchun chegaralarni to‘sib turuvchi yagona mudofaa inshootlari tizimi bo‘lganligini aniqlashdi, deb xabar qildi Arxeologiya instituti matbuot xizmati.

Baqtriya Tojikiston, O‘zbekiston va Afg‘onistonning chegaradosh hududlaridagi tarixiy viloyat. U Hindikush tog‘i janubi va Farg‘ona vodiysi shimolidagi yerlarni o‘z ichiga qamrab olgan. Afg‘oniston shimolidagi Baqtra shahri bu davlatning poytaxti bo‘lgan.

Grobnitsa vozrastom 4400 let - Sputnik O‘zbekiston
Misrda 4,4 ming tarixga ega maqbara topildi

Rossiya va o‘zbekistonlik mutaxassislar Uzundara qal’asini o‘rganish jarayonida u ulkan mudofaa tizimining bir qismi bo‘lganligini isbotlashdi. 2018-yilgi qazishma ishlari natijasida olimlar qal’aning ichki qo‘rg‘onini to‘liq ochishdi va uning batafsil arxitektura rejasini tuzishdi. Qal’aning qurilishi, hayoti haqida guvohlik qiluvchi boy arxeologik materiallar topishgan. Shuningdek, hujum oqibatida qal’aning qulaganligidan darak beruvchi materiallar olishgan.

“Biz noyob namuna oldik, buning ustiga bu birinchi va hozirda Selevkidlar ilk davrining sharqiy Ellin qal’asining yagona namunasidir. Yangi ma’lumotlar Uzundara qal’asi yagona mudofaa inshootlari tizimiga kirganini tasdiqlashga imkon beradi”, - dedi ekspeditsiya rahbari Nigora Dvurechenskaya.

Olimlarning 2018-yilda to‘plagan ma’lumotlari tog‘lar tabiiy chegara vazifasini o‘tagani, ular orasidagi yo‘llar esa bir-biri bilan yagona tizimga bog‘langan qal’alar orqali nazorat qilinganligini isbotlaydi. Ekspeditsiya ishtirokchilari bu tizimni shartli ravishda “Buyuk Baqtriya devori” deb atashmoqda.

Yangiliklar lentasi
0