O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha vazir o‘rinbosari tayinlandi

© SputnikPodpis dokumentov
Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning Xalqaro savdo tashkilotiga qo‘shilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Badriddin Abidov tayinlandi. U bunga qadar O‘zbekistonning Latviyadagi elchisi edi.

TOShKENT, 19 dek - Sputnik. O‘zbekistonning Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo‘lishi masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirining o‘rinbosari tayinlandi, deb xabar qildi vazirlik matbuot-xizmati.

Xabarda aytilishicha, O‘zbekistonning Jahon Savdo Tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lishi masalalari bo‘yicha Tashqi savdo vazirining o‘rinbosari etib Badriddin Abidov tayinlangan.

Abidov bunga qadar O‘zbekistonning Latviya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimini egallagan.

Yangiliklar lentasi
0