Italiyaning "Yuventus" klubi O‘zbekistonda o‘z futbol akademiyasini ochadi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishFutbolnie machi
Futbolnie machi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Akademiyani tashkil etishdan maqsad faqatgina uning o‘quvchilarini tayyorlash emas, balki o‘zbek yoshlariga futbol bilan professional tarzda shug‘ullanish imkoniyatini yaratishdan iboratligi ma’lum qilinmoqda

TOShKENT, 19 dek - Sputnik. O‘zbekistonga Italiyaning "Yuventus" klubi brendni boshqarish va rivojlantirish bo‘yicha ijrochi direktori Karolina Kiappero boshchiligidagi delegatsiya tashrif bilan keldi, deb xabar qildi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot-xizmati.

Ivan Kostrikin s uchenikami - Sputnik O‘zbekiston
Jomboylik yosh futbolchilar “Real Madrid” sport maktabiga taklif qilindi

Ta’kidlanishicha, Italiya futbol klubi vakillari bilan o‘tkazilgan muzokaralar jarayonida Turin politexnika universiteti kampusi bazasida "Yuventus akademiyasi"ni tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borilgan.

Shuningdek, tomonlar O‘zbekistonda futbolni ommalashtirish, yangi tashkil etilayotgan akademiya faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish hamda o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish masalalarini muhokama qilishgan.

Karolina Kiappero O‘zbekistonda akademiyani tashkil etishdan maqsad faqatgina uning o‘quvchilarini tayyorlash emas, balki o‘zbek yoshlariga futbol bilan professional tarzda shug‘ullanish imkoniyatini yaratish ekanligini ma’lum qilgan.

"Yuventus akademiyasi" faoliyati bolalarning futbol orqali jismoniy rivojlanishiga ko‘maklashish, shuningdek ularda futbol madaniyatini shakllantirishga qaratilgan. Akademiya faoliyati kompleks yondashuvga asoslanib, yillik trening, shug‘ullanish oromgohi, yozgi oromgoh, o‘quv sessiyasi kabi jami oltita asosiy yo‘nalishda amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunga kelib, "Yuventus akademiyasi" loyihasi Yevropa, Osiyo va Amerika qit’asida joylashgan 49 ta mamlakatda amalga oshirilib, 100 dan ortiq hududni va 15 ming nafardan ortiq bolalarni qamrab olgan.

Yangiliklar lentasi
0