Afg‘onistonda 20dan ziyod terroristik tashkilotlar faoliyat yuritadi - XK

© REUTERS / ParwizOsmotr zdaniya, postradavshego v rezultate vzriva v Djelalabade, Afganistan
Osmotr zdaniya, postradavshego v rezultate vzriva v Djelalabade, Afganistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Venediktovga ko‘ra, mamlakatdagi ahvol og‘irlashmoqda. Hukumat mamlakatning teng yarim hududida nazoratni yo‘qotgan, etnik guruhlar o‘rtasida qarama-qarshiliklar kuchaymoqda

TOShKENT, 19 dek - Sputnik. Afg‘onistonda 20dan ziyod terroristik tashkilotlar faoliyat yuritadi, deb bayonot qildi Rossiya Xavfsizlik kengashi. RIA Novosti xabariga asosan.

"Afg‘onistonda, shu jumladan, MDH davlatlari chegarasida 20dan ziyod terroristik tashkilotlar faoliyat yuritishadi. Mamlakatning teng yarmidan ortig‘i hukumat tomonidan nazorat qilinmaydi", - dedi nashrga bergan intervyusida XK kotibi yordamchisi Aleksandr Venediktov.

Venediktovga ko‘ra, mamlakatdagi ahvol og‘irlashmoqda. Hukumat mamlakatning teng yarim hududida nazoratni yo‘qotgan, etnik guruhlar o‘rtasida qarama-qarshiliklar kuchaymoqda. Bu fonda terrorizm bosh ko‘tarmoqda. Bugun Afg‘oniston MDH davlatlari chegarasida 20dan ziyod terroristik tashkilotlar amal qilmoqda", - degan Venediktov.

Yangiliklar lentasi
0