Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi tashkil etiladi

© AFP 2023 / JOCHEN LUEBKEPreduprejdenie o radioaktivnom zagraznenii
Preduprejdenie o radioaktivnom zagraznenii  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qo‘mita tarkibida xodimlarining soni 71 nafardan iborat "Radiatsiya va yadro xavfsizligi departamenti" ham tuziladi.

TOShKENT, 13 dek - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda “Sanoat radiatsiya va yadro xavfsizligi davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorni imzoldi, deb xabar qilmoqda O‘zA.

Yangi qo‘mita Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish, ya’ni“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi negizida tashkil etiladi.

Qo‘mita tarkibida – davlat budjetidan moliyalashtiriladigan, boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 71 nafardan iborat "Radiatsiya va yadro xavfsizligi departamenti" ham tuziladi.

Qarorda aytilishiga ko‘ra, Sanoat radiatsiya va yadro xavfsizligi davlat qo‘mitasi tarkibida – yangi departament bilan bir qatorda, 3 ta yangi tuzilma, ya’ni Angren kon-texnika inspeksiyasi, Olmaliq kon-texnika inspeksiyasi hamda Qizilqum kon-texnika inspeksiyasi tashkil etilishi belgilangan.

Sanoat radiatsiya va yadro xavfsizligi davlat qo‘mitasinining vakolatlari quyidagilardan iborat bo‘ladi:

  • qo‘mita nazorati ostidagi obyektlarga to‘sqinliksiz kirish;
  • xavfli ishlab chiqarish obyektlari sanoat xavfsizligi, radiatsiya va yadro xavfsizligi, shuningdek, yer qa’ridan foydalanishda ishlarni olib borish xavfsizligi talablariga rioya etilishi holati ustidan nazorat qilish;
  • sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi talablariga rioya etmagan holda olib borilayotgan yoki avariya sodir bo‘lishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan ishlarni to‘xtatib turish, shuningdek, odamlar hayoti xavf ostida qolganda yoki avariya holatlari yuzaga kelganda ularni ish joylaridan olib chiqish;
  • qonun hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarini buzganlik uchun tashkilotlarning mansabdor shaxslari va jismoniy shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortish.

Prezident qarorida atom elektr stansiyasi qurish, undan xavfsiz foydalanishni ta’minlash sohasida kelajakda xorijiy mutaxassislarni jalb qilish ham nazarda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0