Strasburgda Rojdestvo yarmarkasida noma’lum shaxs 4 kishini otib o‘ldirdi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Parij
Goroda mira. Parij - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fransiya hukumati ushbu voqeani – terakt sifatida ko‘rib chiqmoqda, 12-dekabr motam kuni deb e’lon qilindi.

TOShKENT, 12 dek - Sputnik. Noma’lum erkak kishi Fransiyaning Strasburg shahri markazidagi Gran Arkades va Plyas Kleber ko‘chalari kesishmasida tashkil qilingan Rojdestvo yarmarkasida odamlarni avtomat quroldan o‘qqa tutdi, deb xabar qilmoqda Frans Press agentligi.

“Otishma oqibatida 4 kishi qurbon bo‘ldi, kamida 12 kishi jarohatlandi. Ulardan 6 nafari og‘ir ahvolda”, - deyilgan xabarda.  

Shundan so‘ng jinoyatchi o‘g‘irlangan taksida g‘oyib bo‘lgan. Otishmada uning o‘zi ham jarohat olgan.   

Ushbu hodisa Fransiya prezidenti Emmanuel Makron shaxsiy nazorati ostiga olingan. Fransiya ichki ishlar vaziri Kristof Kastaner voqea djoyiga yetib kelgan. Fransiya hukumati ushbu voqeani – terakt sifatida ko‘rib chiqmoqda.

12 dekabr ushbu terakt qurbonlari xotirasiga motam kuni deb e’lon qilingan.

Yangiliklar lentasi
0