O‘zbekistonlik Sabina Tashkenbayeva xalqaro musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritdi

© NOK UzbekistanaAbsolyutnaya pobeda Sabini Tashkenbayevoy v Estonii
Absolyutnaya pobeda Sabini Tashkenbayevoy v Estonii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
8-9 dekabr kunlari Tallin shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha “Christmas cup” xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi.

TOShKENT, 11 dek – Sputnik. O‘zbekistonlik Sabina Tashkenbayeva “Christmas cup” xalqaro musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritdi, deb xabar qildi Milliy olimpiya qo‘mitasi.

Xabarda aytilishicha, 8-9 dekabr kunlari Estoniya poytaxti Tallin shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha “Christmas cup” xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada 9 mamlakatdan 341 nafar sportchi ishtirok etdi.

Turnir yakuniga ko‘ra o‘zbekistonlik Sabina Tashkenbayeva barcha yo‘nalishlar – ko‘pkurash, halqa, koptok va tasma bilan mashqlarda oltin medalga ega chiqdi.

Musobaqada shuningdek, boshqa bir o‘zbekistonlik Yekaterina Fetisova ham ishtirok etdi va bulava bilan mashqlarda shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan joy oldi.

Jamoaviy mashqlarda esa O‘zbekiston sportchilari uchta kumush medalni (ko‘pkurash va 2 final) qo‘lga kiritishdi.

Yangiliklar lentasi
0