"Texosmotr" o‘tkazish huquqini olish uchun qanday uskunalarga ega bo‘lish kerak?

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishSotrudnik servisnogo sentra osushestvlyayet texnicheskiy osmotr transportnogo sredstva
Sotrudnik servisnogo sentra osushestvlyayet texnicheskiy osmotr transportnogo sredstva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
IIBB avtoservis vakillarini "texosmotr" o‘tkazish huquqini olishga bag‘ishlangan seminarga taklif qildi.

TOShKENT, 5 dek – Sputnik. Toshkent shahar Ichki Ishlar Bosh Boshqarmasi avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan yuridik shaxslarni avtomobillarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish huquqini olishga bag‘ishlangan seminarga taklif qildi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, cyeminar 7-dekabr kuni soat 14:00 da Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Mehr ko‘chasi, 56 uy manzilida, IIBB YHXBda o‘tkaziladi. 

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2017-yilning 22-dekabrida qabul qilingan 1010 sonli qaroriga asosan, 2019-yil 1-yanvaridan O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmalarining jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtotransport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish bilan bog‘liq vazifalarini tadbirkorlik subyektlari – yuridik shaxslarga topshirilishi belgilangan.

Mazkur qarorda aytilishiga ko‘ra, “texosmotr” o‘tkazish huquqini olish uchun texnik xizmat ko‘rsatish stansiyasi quyidagi uskunalarga ega bo‘lishi kerak:

  • o‘qiga tushadigan maksimal og‘irlik 3500 kg gacha bo‘lgan transport vositalarining tormoz tizimini tekshirish uchun tormoz tizimining texnik diagnostika vositalariga;
  • pnevmatik va pnevmogidravlik tormoz uzatmalarida siqilgan havo bosimi va germetiklikni (bosim tushishini) nazorat qilish vositalariga;
  • tirkamalarni ulash moslamasining bosib turish qurilmasiga;
  • rul boshqaruvdagi umumiy lyuftini o‘lchash priboriga;
  • rul boshqaruvi va podveskasi detallaridagi lyuftlarni tekshirish testeriga;
  • chiroqlar yorug‘ligini boshqarishni va kuchini nazorat qilish priboriga;
  • shinalarni texnik diagnostika qilish vositalariga;
  • gazonalizator - uchqundan o‘t oldirish dvigatellariga ega transport vositalarining ishlab bo‘lingan gazlarida ifloslantiruvchi moddalarning mavjudligini aniqlash pribori;
  • tutun o‘lchash pribori - siqilishdan o‘t oldirish dvigatellariga ega transport vositalarining ishlab bo‘lingan gazlarida tutunni aniqlash pribori;
  • dvigatel aylanish chastotasi va moy haroratini o‘lchash priboriga;
  • shovqin o‘lchash priboriga;
  • oynalarning yorug‘lik o‘tkazishini tekshirish priboriga;
  • kompressorga;
  • qinchali manometrga;
  • zarur kompyuter texnikasiga.

Qarorda, shuningdek ayrim texnik diagnostika vositalari, xavfsiz foydalanish bo‘yicha talablarga muvofiq bo‘lish sharti asosida, universial texnik vositalar bilan almashtirilishi mumkinligi ta’kidlangan.

Yangiliklar lentasi
0