O‘zbekiston aholisi 2035-yilda 43,6 million kishiga yetishi mumkin

© Goskomturizm RUzMejdunarodniy festival "Volshebstvo tansa"
Mejdunarodniy festival Volshebstvo tansa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mutaxassislar 2018-yil yakuniga ko‘ra mamlakat aholisi soni 33 million kishini tashkil etishi mumkin.

TOShKENT, 4 dek – Sputnik. O‘zbekiston aholisi 2035-yilga borib 43,6 million kishini tashkil qilishi mumkin, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, 17-yil mobaynida mehnatga layoqatli aholi soni 1,4 baravarga, ya’ni 18,5 milliondan 25,9 million kishigacha o‘sishi mumkin. Jumladan, birinchi marta mehnat bozoriga chiqayotganlar soni 720,2 ming kishini tashkil etishi mumkin.

Vazirlik hisobiga ko‘ra, mamlakat aholisining umumiy tuzilishida shahar aholisi 17-yil ichida 50,6 %dan 58,7 %gacha ko‘payishi, qishloq aholisi esa 49,4 %dan 41,3 %gacha kamayishi mumkin. Shu bilan birga, erkaklar soni 49,8 %dan 49,5 %gacha kamayishi, ayollar soni esa -  50,2 %dan 50,5 %gacha o‘sishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0