Modrich Ronaldu va Messini yana sovrinsiz qoldirdi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishSeremoniya vrucheniya nagrad The Best FIFA Football Awards 2018
Seremoniya vrucheniya nagrad The Best FIFA Football Awards 2018 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Real Madrid" hamda Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich France Football tomonidan o‘tkazilgan 2018-yilgi "Oltin to‘p"ga munosib ko‘rildi.

TOShKENT, 4 dek - Sputnik. "Real Madrid" hamda Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich France Football tomonidan o‘tkazilgan 2018-yilgi "Oltin to‘p"ni ilk bor qo‘lga kiritdi. 

Shu tariqa Modrich Ronaldu-Messining 10-yillik erasidan so‘ng "Oltin to‘p" sohibi bo‘lga birinchi futbolchi bo‘ldi.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Luka Modric (@lukamodric10)

"Oltin to‘p-2018" so‘rovnomasining o‘ntalik ro‘yxati quyidagicha:

1. Luka Modrich (“Real”, Xorvatiya)
2. Krishtianu Ronaldu (“Yuventus”, Portugaliya)
3. Antuan Grizmann (“Atletiko”, Fransiya)
4. Kilian Mbappe (“PSJ”, Fransiya)
5. Lionel Messi (“Barselona”, Argentina)
6. Muhammad Saloh (“Liverpul”, Yegipet)
7. Rafael Varan (“Real”, Fransiya)
8. Eden Azar (“Chelsi”, Belgiya)
9. Kevin de Bruyne (“Manchester Siti”, Belgiya)
10. Xarri Keyn (“Tottenxem”, Angliya)

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda 33 yoshli futbolchi "Real Madrid" tarkibida Chempionlar Ligasidagi ketma-ket uchta g‘alabani qo‘lga kiritgandi. Xorvatiya terma jamoasi safida esa Modrich JCh-2018’da finalga qadar yetib borib, musobaqaning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgandi.

Shuningdek, Modrich avgust oxirida UYeFA tomonidan 2017-18 yilgi mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan edi. Sentabr oyida esa FIFA tomonidan yil o‘yinchisi nomiga sazovor bo‘lgandi.

France Football nashri "Oltin to‘p" sovrini 1956-yilda joriy qilgan. Sovrin Yevropa qit’asida yilning eng yaxshi futbolchisiga beriladi. Futbolchini sport jurnalistlari tanlaydi.

Yangiliklar lentasi
0