Mana ko‘rasiz Rossiyada ro‘mol o‘rash moda bo‘ladi – Aleksandr Vasilyev

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishDevushki musulmanki, arxivnoe foto
Devushki musulmanki, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moda eksperti Aleksandr Vasilyev Rossiyada kelajakda musulmoncha uslubdagi ro‘mollar moda bo‘lishini bashorat qilmoqda.

TOShKENT, 4 dek – Sputnik. Keldajakda ayollar jon-jon deb ro‘mol o‘rab yuradigan bo‘ladi, deydi Rossiyalik moda eksperti va moda tarixchisi, san’atshunos Aleksandr Vasilyev.

“Bugun istalgan modalar saytining ochsangiz, yangi yil uchun eng ommaviy maslahat - qanday qilib ro‘mol o‘rash. Men buni besh yil oldin bashorat qilgandim. O‘shanda menga – biz barbir ro‘molda yurmaymiz deyishgandi. Men esa – jon deb ro‘mol o‘rab yurasizlar degandim. Musulmonlar ko‘p bo‘lgan malakatda ertami-kechmi shunday uslub moda bo‘lishi aniq. Rossiyada esa musulmonlar ko‘p”, - deydi Vasilyev.

Eslatib o‘tamiz, Aleksandr Vasilyev Rossiyaning “Birinchi kanali”ida “Modniy prigovor” teleko‘rsatuvini olib boradi. Vasilyev har doim O‘zbekistonda ishlab chiqilgan an’anaviy matolar, kiyimlarni juda yuqori baholaydi. Undan tashqari u har yili moda olamida ishlaydigan bir guruh mutaxasisslar bilan O‘zbekistonga sayohat qiladi. So‘nggi tashriflaridan birida biz Vasilyev Xivada raqsga tushgani haqida xabar bergan edik. 

Yangiliklar lentasi
0