Qozog‘istonlik deputat juda ochiq libosda paydo bo‘ldi – internet foydalanuvchilari hayratda

CC0 / pixabay / Devushka. Illyustrativnoe foto
Devushka. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Deputat ochiq libosda podiumga chiqishi bilan internet foydalanuvchilarni hayratda qoldirdi.

TOShKENT, 3 dek – Sputnik. Ostona yoshlar maslahatining VII chaqiriq deputati Dinagul Tasova omma oldida juda ham ochiq libosda paydo bo‘ldi.

Tasova Fashion Night Astana moda namoyishi ishtirokchisi bo‘lib, podiumga ko‘krak qismi juda ham ochiq bo‘lgan libosda paydo bo‘ldi.

Dizayner bu libosni ichki kiyimsiz kiyishni tavsiya etadi, ochig‘i, deputat ham shunday qildi.

Ko‘pchilik modelyerning g‘oyasini salbiy baholab, bu libos – deputat uchun sharmanlik va uyat ekanligini ta’kidlashdi.  

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Fotograf Astana/Karaganda (@by.alina.p)

“Siz muzeylardagi Rembrandt yoki Rubens yalang‘on ayollar chizgan asarlari, haykallarini tomosha qilganda "ularni yopib qo‘yila" deb hech kim baqirmaydi. Moda namoyishi – bu har kunlik libos emas, bu san’at, dizaynerning o‘zini ifodalashi. Model esa uning fikrini namoyish qiladi xolos”, -  deya Tasovani himoya qiladi internet foydalanuvchisi Mariya Zuyeva.

Dinagul Tasova Armeniyada “MDH-2018 top model” tanlovida ishtirok etgandan so‘ng mashhur bo‘ldi. Bosh tanlov toji uchun MDH va Yevropa 16 ta davlatlaridan 30 ta qiz bellashadi. Qozog‘istonlik ishtirokchi tanlovdan tojsiz qaytdi, u faqat “Mediamodel” unvonini oldi.  

Yangiliklar lentasi
0