O‘zbekiston prezidentining 2019-yilda Minsk shahriga ilk tashrifi rejalashtirilmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning Belarusdagi elchisi Nosirjon Yusupovning jurnalistlarga ma’lum qilishicha, har ikki tomon tashrifga puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda.

TOShKENT, 30 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yilda ilk bor Belarus Respublikasiga tashrif buyurishi mumkin, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston davlat rahbari sifatida Belarus respublikasiga birinchi tashrifi bo‘ladi. Avvalroq Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko o‘zbekistonlik hamkasbini “do‘sti va birodari” sifatida hamisha qabul qilishga tayyor ekanligini ma’lum qilgan edi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i prezident Belarusi Aleksandr Lukashenko - Sputnik O‘zbekiston
Lukashenko Mirziyoyevni Belarusga taklif qildi

O‘zbekistonning Belarusdagi elchisi Nosirjon Yusupovning aytishicha, har ikki taraf tashrifga puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Belarus prezidenti joriy yilning 12-14 sentabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelgan edi. Ko‘ksaroyda Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko ikki davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti va 19 ta hujjatni imzolashgan edi. Shuningdek, ikki davlat Bosh vazirlari hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasini” tasdiqlashgan edi.


Yangiliklar lentasi
0