Naqd dollar qachondan sotiladi? Markaziy bank axboroti

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishDengi
Dengi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Markaziy bank vakillari, banklardan naqd chet el valyutasini xarid qilish imkoniyati mavjud emasligini cheklov sifatida nomlash mumkin emasligini qayd etishdi

TOShKENT, 30 noya - Sputnik. Banklar tomonidan naqd valyutani sotishni tashkil qilish kunning dolzarb masalasi qatoridan o‘rin olgan, deb ma’lum qilingan Markaziy bankda o‘tkazilgan valyutani tartibga solish va monetar siyosat mavzuyidagi brifingda. 

Brifing davomida valyutani tartibga solish va to‘lov balansi Departamenti rahbari Bobir Abubakirov "qora bozor" mavjud bo‘lishi uchun iqtisodiy sabablar yo‘qligini aytgan va banklar jismoniy shaxslarga chet el valyutasini chegaralanmagan miqdorda sotishini qo‘shimcha qilgan.

Denejnie kupuri: dollari SShA - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston iqtisodga dollar ta’sirini kamaytirmoqda

Markaziy bank vakillari, banklardan naqd chet el valyutasini xarid qilish imkoniyati mavjud emasligini cheklov sifatida nomlash mumkin emasligini qayd etishdi, deb yozadi Spot nashri.

"Valyutaning konversion kartalarga sotilishini - yuridik jihatdan cheklov tarzida qabul qilish mumkin emas. Qolaversa, prezidentning mart oyidagi qaroriga muvofiq jismoniy shaxslar xarid qilingan valyutani naqd holda chegaralanmagan miqdorda yechib olish imkoniyatini qo‘lga kiritdilar", — deb aytgan Abubakirov.

U shuningdek, banklar tomonidan naqd valyuta sotilishi masalasi kun tartibidan o‘rin olganligini xabar qilgan. Bu masala valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi qonun yangi tahriri ko‘zdan kechirilganidan so‘ng ko‘rib chiqilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0