"Rusgidro" bilan hamkorlikda 2ta GES loyihasi ishlab chiqiladi

© Sputnik / Aleksandr Krajev Stroitelstvo Boguchanskoy GES
Stroitelstvo Boguchanskoy GES - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi GESlar loyihasini ishlab chiqish uchun “Gidroproyekt instituti” hamda “Gidroproyekt” mutaxassilaridan ishchi guruh tuziladi.

TOShKENT, 18 okt - Sputnik. Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Rossiya O‘zbekiston hududlararo hamkorlik forumida “Rusgidro” va "Uzbekgidroenergo" O‘zbekistonda gidroenergetikani rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik qilish haqida shartnoma imzolashdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti "Rusgidro" xabariga asosan.

Xususan, “Rusgidro” va "O‘zbekgidroenergo" 2019-yilning birinchi choragida quvvati 240 MVt bo‘lgan Mullalak GESi hamda quvvati 200 MVt bo‘lgan Yuqori Pskem GESlarining texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqadi, - deyilgan xabarda.

Imzolangan shartnomaga ko‘ra “Gidroproyekt instituti” hamda “Gidroproyekt” asosida qo‘shma ishchi guruh tuzilib, ushbu guruh 2019-yilning birinchi choragida yuqoridagi ikki GESlarning loyiha-izlanish va ilmiy-izlanish ishlarini qamrab olgan texnik-iqtisodiy loyihasini ishlab chiqara boshlaydi.

Shuningdek, "Rusgidro" va "O‘zbekgidroenergo" O‘zbekiston hududida gidroenergetika obyektlari qurish va ularni ekspluatatsiya qilish hamda texnik rivojlantirish borasida hamkorlikni rivojlantiradi.

Yangiliklar lentasi
0