GM Uzbekistan yangi modelning sinov partiyasini ishlab chiqardi

© Podrobno.uzGM Uzbekistan zapustit proizvodstvo kompaktnogo krossovera Chevrolet Tracker
GM Uzbekistan zapustit proizvodstvo kompaktnogo krossovera Chevrolet Tracker - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
GM Uzbekistan yangi modelning sinov partiyasini ishlab chiqarish doirasida 28 dona Chevrolet Tracker avtomobillarini yig‘di.

TOShKENT, 18 okt – Sputnik. GM Uzbekistan “Tracker” modelini yirik uzelli yig‘ish jarayonini boshladi, deb xabar qilmoqda kompaniya matbuot xizmati.

“Sinov ishlab chiqarish doirasida ayni damda 28 dona “Tracker” avtomobili yig‘ildi. Dastlabki yirik uzelli yig‘ish muvaffaqiyatli amalga oshirildi”, - deyilgan kompaniya xabarida.  

Ommaviy ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi sanasi, shuningdek avtomobil xususiyatlari va narxlari haqida batafsil ma’lumot barcha ishlab chiqarish jarayoni yo‘lga qo‘yilgandan so‘ng beriladi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Chevrolet Tracker  modelini ishlab jamiyatning Toshkent shahridagi filialida yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu maqsadda GM Uzbekistan va “GM Korea” o‘rtasida uskuna va butlovchi qismlarni yetkazib berish uchun bir qator shartnomalar imzolangan.

Yangiliklar lentasi
0