Amerikalik harbiylarning yarmi yaqinda urush boshlanishiga ishonch bildirdi

© Sputnik / Aleksandr Imedashvili, STF / Mediabankka o‘tishSovmestnie voyennie ucheniya voorujennix sil Gruzii i SShA "Dostoyniy partnyor"
Sovmestnie voyennie ucheniya voorujennix sil Gruzii i SShA Dostoyniy partnyor - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerika xavfsizligiga eng katta tahdid solayotgan mamlakatlar orasida birinchi o‘rinda Rossiya (71 %), ikkinchi o‘rinda Xitoy (69%) deb aytilgan.

TOShKENT, 18 okt – Sputnik. Amerikalik harbiylarning salkam yarmi yaqinda  yirik masshtabli urush boshlanishiga ishonch bildirmoqda. Bu haqida Military Times nashri tomonidan o‘tkazilgan so‘rov dalolat bermoqda, deb yozadi RIA Novosti.

O‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, amerikalik harbiylarning 46% kelgusi yil davomida AQSh yirik urushda ishtirok etishiga ishonch bildirgan. O‘tgan yilda aynan shunday so‘rovda faqat 5% harbiylar urush boshlanishiga ishonch bildirgan edi.

Shuningdek, jamoatchilik orasida o‘tkazilgan so‘rovga ko‘ra, Amerika xavfsizligiga eng katta tahdid solayotgan mamlakatlar orasida birinchi o‘rinda Rossiya (71 %), ikkinchi o‘rinda Xitoy (69%) deb aytilgan. O‘tgan yil aynan ushbu so‘rovda Rossiya xavf darajasi 53 %,  Xitoy - 45 % deyilgan edi.

Undan tashqari, ushbu so‘rovda amerika xavfsizligiga eng katta tahdid solayotgan xavf - kiberjinoyatchilik (89%) deb aniqlangan. Amerikaliklar fikriga ko‘ra, ularning mamlakati ushbu xavfdan salbiy himoyalangan.

Yangiliklar lentasi
0