Ob-havo keskin sovib, qor yog‘adi - O‘zgidromet

© Sputnik / Ruslan KrivobokPerviy sneg
Perviy sneg  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kelasi haftada O‘zbekistonda ob-havoning keskin sovishi va yomg‘ir aralash qor yog‘ishi kutilmoqda

TOShKENT, 13 okt - Sputnik. Sinoptiklarning prognozi bo‘yicha kelasi haftada Toshkentda va respublikaning boshqa hududlarida ob-havoning keskin sovishi kutilmoqda.

Xususan, 15-17 oktabr sanalarida O‘zbekistonda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik kuzatiladi. 16-oktabrda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Shavkat Mirziyoyev posetil posetil Bukinskiy rayon Tashkentskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev paxtani yomg‘irli kunlarga qoldirmay terib olish bo‘yicha topshiriq berdi

16-17 oktabrda yog‘adigan yomg‘ir qorga aylanishi kutilmoqda. Shuningdek, 15-16 oktabr kunlari shamol tezligi soniyasiga 15-20 metrgacha kuchayadi.

16-17 oktabr kunlari havo temperaturasi 0-2 darajagacha pasayadi, vaqti-vaqti bilan 2 gradus sovuq bo‘lishi mumkin. Kunduzi havo harorati 5-8 daraja iliq bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq O‘zbekistonning ayrim tumanlarida birinchi qor yoqqani haqida xabar berilgan edi. Qish yaqinlashayotganini Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari o‘rtasida joylashgan Taxta-qorachi dovonida hamda Jizzaxda his qilishdi.

Yangiliklar lentasi
0