TOShKENT, 3 okt – Sputnik. O‘zbekiston Havo yo‘llari nima sababdan Moskvada Domodedovo aeroportidan “Vnukovo” aeoroportiga o‘tganini ma’lum bo‘ldi.
“Iqtisodiy sabablarga ko‘ra”, - deb qisqa izoh berdi kompaniya vakili Sputnik muxbiriga.
Shuningdek, Moskvada aeroportni o‘zgartirish haqidagi qaror uzoq vaqt davom etgan o‘rganish, muhokama va muzokaralardan keyin qabul qilingani ma’lum bo‘ldi.
O‘z navbatida Domodedovo aeroporti ham ushbu masala yuzasidan O‘zbekiston Havo yo‘llari bilan ishbilarmonlik munosabatlari davom ettirilayotgani haqida xabar berishdi.
Eslatib o‘tamiz, bugun “O‘zbekiston Havo yo‘llari” ushbu yilning 28-oktabrdan boshlab barcha parvozlar Vnukovo aeroporti orqali amalga oshirila boshlashini xabar qilgan edi.
“AviaPORT” xabariga ko‘ra, Domodedovo aeroporti Moskva hududida eng qimmat aeroport hisoblanadi. Vnukovo aeroporti Domodedovogo nisbatan arzonroq, shu bilan birga u shahar markaziga ham yaqinroq masofada joylashgan.
Sheremetyevo aeroporti Moskva hududidagi eng arzon aeroport bo‘lsada, lekin u shaharning shimoli-g‘arbida - sharqiy yo‘nalishdagi parvozlar uchun noqulay tomonida joylashgan. Moskva ustidan parvozlar amalga oshirish ta’qiqlangani tufayli, u yerga yetib borish uchun samolyotlar aylanib uchishiga to‘g‘ri keladi.