Rossiya Suriyaga “S-300” mudofaa tizimini yetkazib berdi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishZenitniy raketniy kompleks S-300PS. Arxivnoe foto
Zenitniy raketniy kompleks S-300PS. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
C-300 o‘rnatilganidan so‘ng Suriya chegarasiga tutash bo‘lgan 200 km masofani nazorat qilish imkoniga ega bo‘ladi.

TOShKENT, 3 okt – Sputnik. Rossiya, o‘z va’dasiga muvofiq, S-300 mudofaa tizimini Suriyaga yetkazib berdi, deb xabar qilmoqda "Zvezda"  telekanali. 

“Biz kecha to‘rtta S-300 tizimini Suriya hududiga yetkazib berdik. Ular barcha kerakli bloklarni hamda qo‘shimcha radioelektron bloklarni o‘z ichiga olgan”, - dedi Sergey Shoygu Rossiya prezidenti Vladimir Putinga bergan hisobotida.

“Zvezda” telekanali tomonidan namoyish qilingan videolavhada An-124 samolyotlari Xmeymim aerodromida S-300 majmualarini tushiriayotgani ko‘rsatilgan.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, 20-oktabrga qadar S-300 majmualari jangovar navbatchilikka shay bo‘ladi. Ular o‘rnatilganidan so‘ng Suriya o‘z hududiga yaqin bo‘lgan 200 km masofani nazorat qilish imkoniga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 17-sentabr kuni Isroil Hav kuchlarining Suriya hududiga amalga oshirilgan hujumi vaqtida Rossiyaning razvedkachi samolyoti urib tushirilgan va 15 nafar harbiylari qurbon bo‘lgan edi. Shundan so‘ng Rossiya hukumati Suriyaga zamonaviy havo mudofaa vositalarini yetkazib berishi haqida e’lon qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0