TOShKENT, 8 sen - Sputnik. "Mustaqillik marafoni" o‘tkazilishi munosabati bilan 2018-yil 9-sentabr kuni "Paxtakor" stadionidan "Nukus" ko‘chasigacha bo‘lgan ko‘chalar yopiladi.
Bu haqda Toshkent hokimligi matbuot-xizmati xabar qilmoqda.
Ko‘chalarda harakat 9.00dan 13.00ga qadar chegaralanadi.
Quyidagi ko‘chalar yopiladi:
Glinka ko‘chasi – Shota Rustaveli ko‘chasidan Nukus ko‘chasiga qadar,
Nukus ko‘chasi – Abdulla Qahhor ko‘chasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasigacha,
Abdulla Qodiriy ko‘chasi – Nukus ko‘chasidan Abay ko‘chasigacha,
Abay ko‘chasi – Abdulla Qodiriy ko‘chasidan Olmazor ko‘chasigacha,
Olmazor ko‘chasi – Abay ko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasigacha,
Islom Karimov ko‘chasi – Olmazor ko‘chasidan Sharof Rashidov ko‘chasigacha.