"Brest" EIZ rahbari o‘rinbosari O‘zbekiston haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaAleksandr Shukaylo, zamestitel glavi administratsii SEZ "Brest"
Aleksandr Shukaylo, zamestitel glavi administratsii SEZ Brest - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
29-30 avgust kunlari dunyoning 25 davlatidan bo‘lgan xorijiy tashkilotlar vakillari va investorlar Jizzax viloyatida yig‘ildilar. Xalqaro biznes forumga taklif etilganlardan biri Brest EIZ rahbari o‘rinbosari Aleksandr Shukaylo O‘zbekistonga gretsiyalik investorni olib keldi

TOShKENT, 30 avg - Sputnik. Brest viloyati(Belarus) erkin iqtisodiy zonasi "Jizzax" EIZ bilan hamkorlik va tajriba almashib turish borasida shartnoma imzoladi, deb xabar qildi Sputnik muxbiriga Jizzaxda o‘tkazilgan Xalqaro investitsiyaviy forum doirasida Brest EIZ ma’muriyati boshlig‘i o‘rinbosari, belaruslik investor Aleksandr Shukaylo.

Natsionalnaya vistavka proizvoditeley v ramkax mejdunarodnogo investitsionnogo foruma v Djizake - Sputnik O‘zbekiston
Jizzax viloyati butun dunyodan investorlarni chorladi

Forumning asosiy kirish qismidan so‘ng jurnalistlar bilan suhbatda bo‘lgan Shukaylo bundan bir oy oldin Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev boshchiligidagi delegatsiya Belarus respublikasiga tashrif buyurganini aytdi.

"Biz o‘shanda "Jizzax" erkin iqtisodiy zonasi rahbari bilan ham tanishdik. O‘zimizning EIZimizda erishgan yutuqlarimiz haqida hamkasblarimizga gapirib berdik. Mana hozir, O‘zbekistonni tomosha qilgani keldik", - dedi Shukaylo.

Brest EIZ rahbari o‘rinbosari shuningdek O‘zbekiston haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

"O‘zbekiston haqidagi ilk tassurotlarim juda yaxshi. Bizga poytaxtingiz Toshkent juda yoqdi. Ajoyib shahar. Jizzax bilan hali yaxshi tanishishga ulgurganimiz yo‘q, aminmanki, taassurotlarimiz ijobiy bo‘ladi", - dedi u.

Shukayloning ta’kidlashicha, bundan buyog‘iga Belarus Respublikasi O‘zbekiston bilan o‘zaro investorlar almashishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan. Ikki davlat vakillari xorijiy investorlarga investitsiya kiritishning yangi yo‘llarini topishda ko‘maklashishda yaqindan hamkorlik qilmoqchi.

Shukaylo O‘zbekistonga gretsiyalik investorni olib kelganini va hamrohida biznesni rivojlantirish bo‘yicha aniq rejalar borligini ma’lum qildi.

"Lekin bu rejalar investitsiya kiritish bilan emas, balki ko‘proq meva-sabzavotlarni Belarus Respublikasiga yetkazib berish bilan bog‘liq", - dedi Shukaylo.

Neftepererabativayushiy kompleks. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Britaniya Jizzax neft zavodi qurilishiga sarmoya kiritishi mumkin

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning 29-30 avgust kunlari Jizzaxda Xalqaro investitsion forum bo‘lib o‘tmoqda. Viloyat tarixida ilk marotaba o‘tkazilayotgan ushbu tadbirdan maqsad Jizzaxning investitsion salohiyatini namoyon etish hamda ishlab chiqaruvchilarning milliy ko‘rgazmasini tashkil etishga qaratilgan.

Jizzax investitsion forumida Belarus, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gretsiya, BAA, Isroil, Hindiston, Ispaniya, Latviya, XXR, Rossiya, Turkiya, Singapur, AQSh, Janubiy Koreya, Yaponiya singari 25 mamlakatdan 200 dan ortiq ishtirokchilar qatnashdilar.

Tadbir davlat investitsiyalar qo‘mitasi va Jizzax viloyati hokimligi hamkorligida o‘tkazildi.

Ushbu biznes-forumda xorijiy OAVlar vakillari, shu jumladan, Sputnik O‘zbekiston muxbiri ham ishtirok etdi.

Yangiliklar lentasi
0