Toshkentdagi bankni o‘marishni rejalashtirishgan Ukraina va AQSh fuqarolari qo‘lga olindi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishNatsionalniy Bank Uzbekistana
Natsionalniy Bank Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jinoiy guruh bunga qadar Rossiya, Ukraina, Belarus, Moldova va Makedoniyada qimmatbaho buyumlarini banklarda saqlayotgan 50dan ziyod fuqarolarni o‘marishga muvaffaq bo‘lgan

TOShKENT, 1 avg - Sputnik. Dunyoning turli mamlakatlarida 3-yil davomida banklardan 3,5 million dollar o‘margan jinoiy guruh Toshkentdagi banklarning birini bo‘shatishni rejalashtirgandi, deb xabar qildi "O‘zbekiston 24" telekanali reportajida.

Jinoiy guruh tarkibidan kalit yasash bo‘yicha mohir usta ukrainalik Vladislav Bus, va bank yacheykalari qulflari fotosyomkasi bo‘yicha mutaxassis Vacheslav Sheremet o‘rin olgan. Ularga AQSh fuqaroligiga ega bo‘lgan asli ukrainalik Aleks Stavko rahbarlik qilgan.

2015 yildan 2018-yilga qadar jinoiy guruh Rossiya, Ukraina, Belarus, Moldova va Makedoniyada qimmatbaho buyumlarini banklarda saqlayotgan 50dan ziyod fuqarolarni o‘marishga muvaffaq bo‘lgan.

Makedoniya bankining xavfsizlik tizimini muvaffaqiyatli buzgan jinoyatchilar, Istambulda to‘planishadi. Ular bu yerda O‘zbekistonga yo‘l olish qarorini qabul qiladilar va Bus hamda Sheremet Toshkentga uchadi.

Bank yacheykalarini ochish uchun jinoyatchilardan ularga kalit tayyorlash talab etilardi. Mana shu maqsadda talonchilardan biri Toshkentda mos tushadigan banklardan birini tanlagach, unda valyuta hisob raqamini ochadi, ikkinchisi esa depozit yacheykasini arendaga oladi.

Minfin obsudil s SNG programmu loyalnosti v RF - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonliklar MDH davlatlari valyutalarida hisob raqamlari ochishlari mumkin bo‘ladi

Shu tariqa, Vacheslav Sheremet uchun bank yacheykalari bo‘lgan xonaga yo‘l ochiladi. U bu xonaga 18 marotaba kirib, 140ta yacheyka qulflarini kameraga suratga olishga muvaffaq bo‘lgan.

Bu vaqt oralig‘ida Aleks Stavko Toshkentga yetib keladi. U o‘zining sheriklariga Qirg‘izistonda kalit tayyorlaydigan stanokni xarid qilish uchun 370 dollar beradi va jinoiy guruhning to‘rtinchi a’zosi bilan uchrashadi.

U DH davlatlarida banklarni o‘marganligi uchun bir necha marotaba sud qilingan Ukraina fuqarosi Oleg Dubovskiy edi. "Hamkasblari" uchun reja ishlab chiqqach, Dubovskiy Stavko bilan O‘zbekistondan chiqib ketadi.

Ulardan biri Olma-otaga, ikkinchisi esa Nyu-Yorkka yo‘l oladi.

Ammo jinoyatchilar o‘z rejalarini hayotga tatbiq eta olishmaydi - ular O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan qo‘lga olinadi. Bankni o‘marishga urinish holati yuzasidan jinoyat ishi ochilgan, surishtiruvlar olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0