O‘ndan ortiq tadbirkorga 400 mln so‘m zarar keltirgan jinoiy guruh ishi sudga oshirildi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishRuki v naruchnikax
Ruki v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ular mahsulotlarni o‘z bahosidan arzon narxda sotib, pullarning bir qismini tovar egasiga dastlabki daromad sifatida qaytarganlar.

TOShKENT, 28-iyul – Sputnik. Toshkentda firibgarlik, zo‘ravonlik hamda transport vositalarini olib qochish bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh faoliyatiga oid tergov-surishtiruv ishlari yakuniga yetkazildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi. Guruhning to‘rtinchi a’zosiga nisbatan ayni vaqtda qidiruv e’lon qilingan.

Xabarda aytilishicha, firibgarlik bilan shug‘ullanib kelgan 29 yoshli T.Jamshid, 20 yoshli T.Mirkomil va 21 yoshli M. Azimhojilar firibgarlik hamda zo‘ravonlik hamda transport vositalarini olib qochish bilan shug‘ullanib kelganliklari aniqlandi.

“T.Mirkomil hamda uning sheriklari oziq-ovqat va maishiy texnika savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarni bir necha oy davomida aldab kelganlar. Xususan, ular tadbirkorlardan katta pul miqdoridagi turli tovar va mahsulotlarni sotib berish uchun olganlar. Ishonarli bo‘lishi uchun hatto ijaraga ofis ham ochilgan”, - deyiladi xabarda.

Ular mahsulotlarni o‘z bahosidan arzon narxda sotib, pullarning bir qismini tovar egasiga dastlabki daromad sifatida qaytarganlar. Shu yo‘l bilan yangi mahsulotlarni olish uchun boshqa tadbirkor oldiga borganlar. Bu usul bilan jinoiy guruh a’zolari 13 nafar tadbirkorni chuv tushirganlar.

Firibgarlar vaqti-vaqti bilan tadbirkorlarga pullarining bir qismini berib kelganligi natijasida tadbirkorlar shubhaga bormay, pullarining qaytarilishini kutib yuraverganlar.

Toshkent viloyatida yana bir Ahmadboy izdoshi qo‘lga olindi

Jinoiy guruh a’zolari keyinchalik og‘irroq jinoyatga ham qo‘l ura boshlaganlar. Jumladan, jabrlanganlardan biri A.Muhammadsodiqni ish yuzasidan uchrashuvga chaqirib, uni zo‘ravonlik bilan salonga o‘tqazadilar. Jinoyatchilardan biri esa mashina boshqaruvini o‘z qo‘liga oladi va noma’lum tarafga yo‘l oladilar. Yo‘lda jinoiy guruh a’zolari tadbirkor hayotiga tahdid qilib, undan katta summadagi mahsulotlarni talab qilishadi. Mashina svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtaydi. Muhammadsodiq esa fursatdan unumli foydalanib avtomobildan tushib qoladi va jinoyatchilardan qochib ketishga muvaffaq bo‘ladi.

U bo‘lib o‘tgan voqea yuzasidan ichki ishlar organlariga murojaat qiladi. Transport vositasining olib qochilganligi va sodir etilgan zo‘ravonlik yuzasidan jinoyat ish qo‘zg‘atiladi. Tergov-surishtiruv jarayonida T.Mirkomil va uning sheriklari tomonidan sodir etilgan firibgarlik jinoyatlari fosh etildi. Jinoiy guruh tomonidan 13 nafar tadbirkorga keltirilgan zarar miqdori 400 million so‘mni tashkil etgani aniqlandi.

Ayni vaqtda mazkur ish sudda ko‘rib chiqilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0