TOShKENT, 16-iyul - Sputnik. 9-15-iyul kunlari O‘sh shahrida Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston va Qirg‘iziston delegatsiyalari ishchi guruhlarining navbatdagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Muzokaralar chog‘ida 2-7-iyul kunlari O‘zbekistonning Namangan va Farg‘ona viloyatlari bilan Qirg‘izistonning Botken va Jalolobod viloyatlari tutashgan hududlarda joylashgan uchastkalarda o‘tkazilgan qo‘shma dala tekshiruvlarining yakunlari ko‘rib chiqildi.
"Qo‘shma dala tekshiruvlari natijasida ikki hududdan, jumladan G‘ova uchastkasi va qisman G‘ovasoydan o‘tuvchi chegara chizig‘i belgilandi", - deyiladi xabarda.
Muzokaralar yakunida tegishli bayonnoma imzolangan.