Farg‘ona viloyatida 7 ming dollar pora so‘ragan deputat qo‘lga olindi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishNaruchniki na dveri kletki
Naruchniki na dveri kletki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Pedagogika institutiga kiritib qo‘yish uchun tovlamachilikda gumonlanayotganlar Beshariq tumanida yashovchi fuqarodan 7 ming dollar so‘rashgan.

TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. O‘zbekiston DXX xodimlari yetti ming dollar evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishga va’da bergan Farg‘ona viloyatidagi kengashlardan birining deputatini qo‘lga olishdi, deb xabar berdi "O‘zbekiston 24" kanali.

"Xalq deputatlari Dang‘ara kengashi deputati, Qo‘qon davlat pedagogika instituti metodist lavozimida ishlovchi Muhayyo Qodirova abituriyentlarni pul evaziga oliygohga kirishiga yordam berish uchun tanishi Mashhura Abdurahimova bilan jinoiy til biriktirgan", – deyiladi telekanal xabarida.

Pedagogika institutiga kiritib qo‘yish uchun tovlamachilikda gumonlanayotganlar Beshariq tumanida yashovchi fuqarodan 7 ming dollar so‘rashgan. Shu bilan birga yana bir fuqarodan Qo‘qon tibbiyot kollejiga kirishda yordam berishni va’da qilgan ayollar 800 dollar talab qilishgan.

Qodirova va Abdurahimova pullarni olayotgan vaqtida qo‘lga olingan. Ularga nisbatan “tovlamachilik” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Yangiliklar lentasi
0