TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Toshkentda hashamdor kottedj sotuvga qo‘yilgani haqidagi xabar yolg‘on bo‘lib chiqdi.
Biroz oldin Olx.uz sahifasida Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida hashamdor uy sotuvga qo‘yilgani haqida xabar berilgan edi.
Maqola e’lon qilinganidan keyin ushbu e’lon haqiqiy emasligi ma’lum bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari xabariga ko‘ra, bu uy aslida AQShning Mayami shatatida joylashgan ekan.