Ijtimoiy ahamiyatga ega dorilar 20 % ustama bilan sotiladi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishLekarstvennie preparati i gradusnik dlya izmereniya temperaturi
Lekarstvennie preparati i gradusnik dlya izmereniya temperaturi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ijtimoiy ahamiyatga ega dorilarni belgilangan narxlarda sotish tartibi bekor qilindi. Bundan buyon ushbu dorilar 15 va 20 % ustamalar bilan sotiladi.

TOShKENT, 21-iyun – Sputnik. O‘zbekistonda ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan dorilarni belgilangan narxlardan sotish tartibi bekor qilindi. Bu haqida O‘zbekiston prezidentining yangi qarorida aytib o‘tilgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili 300 dan ortiq dorilar va tibbiy buyumlar ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan dorilar toifasiga kiritilgan va ularning sotish narxlari qat’iy belgilab qo‘yilgan edi.

Rabota farmatsevticheskogo predpriyatiya Oblastnoy aptechniy sklad v gorode Chelyabinske - Sputnik O‘zbekiston
Dori ta’minoti sohasida davlat monopoliyasi bekor qilindi

Bundan buyon ushbu dorilar cheklangan savdo ustamasi qo‘yish sharti bilan sotuvga chiqariladi. Xususan, ijtimoiy ahamiyatga ega dorilar va tibbiy buyumlarga ulgurji savdo korxonalari eng ko‘p 15 %gacha, chakana savdo korxonalari – 20 %gacha ustama qo‘yishlari mumkin bo‘ladi.

Faqatgina ijtimoiy aptekalarda ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan dorilar ulgurji narxlarga 10% ustama bilan sotiladi.

Shuningdek, prezident qarorida ayni damda O‘zbekistonda yangi dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish o‘ta murakkab jarayonligi aytib o‘tilgan, hamda yangi va samarali dorilarni tezroq muomalaga kiritish uchun, dori vositalari ishlab chiqarish va ro‘yxatdan o‘tkazishga talablari kuchli bo‘lgan mamlakatlarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan dorilarni, O‘zbekistonda qabul qilish tartibini ham belgilagan.

Yangiliklar lentasi
0