TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Toshkentdagi Nukus ko‘chasidagi yo‘lakka g‘aroyib ko‘rinishdagi romlar o‘rnatildi, deb yozadi "Narodnoe slovo".
Yo‘lak fotosuratlari ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirildi.
Bunday konstruksiyalar o‘rnatishdan Amerika Qo‘shma Shtatlarida keng foydalaniladi.
Avvalroq Alisher Navoiy nomidagi Davlat Katta teatri yonidagi xiyobonda halqa ko‘rinishidagi o‘rindiqlar paydo bo‘lgani xabar qilingandi.
Iyun oyi boshida esa Toshkentdagi parklardan birida Parijdagi charxpalak bilan bir xil ko‘rinishdagi charxpalak o‘rnatilgandi.