Andijon shahrida velosipedchilar uchun yo‘laklar tashkil etiladi

© Facebook / Abdurahmonov Shuhratbek Qo‘shaqboyevichV Andijane budut razvivat set velosipednix dorojek i punktov prokata velosipedov
V Andijane budut razvivat set velosipednix dorojek i punktov prokata velosipedov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dastlabki bosqichda 500 ta zamonaviy velosipedlar olib kelinib, 20 ta prokat maskani tashkil qilinadi va barcha maskanlar yagona elektron tizimga ulangan holda ishlaydi.

TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Andijon shahridagi 7 ta markaziy ko‘chada velosipedchilar uchun umumiy 28,6 km uzunlikdagi yo‘lakchalar tashkil qilinadi. Bu haqda Andijon viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Facebookdagi sahifasida ma’lum qildi.

Bir tomonlama yo‘lakchalarning eni 2,25 metr, ikki tomonlamala yo‘lakchalarniki 3,25 metr bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

© Facebook / Abdurahmonov Shuhratbek Qo‘shaqboyevichV Andijane budut razvivat set velosipednix dorojek i punktov prokata velosipedov
V Andijane budut razvivat set velosipednix dorojek i punktov prokata velosipedov - Sputnik O‘zbekiston
V Andijane budut razvivat set velosipednix dorojek i punktov prokata velosipedov

Dastlabki bosqichda 500 ta zamonaviy velosipedlar olib kelinib, 20 ta prokat maskani tashkil qilinadi va barcha maskanlar yagona elektron tizimga ulangan holda ishlaydi. Bundan tashqari ushbu yo‘nalishda axborot texnologiyalarini keng qo‘llagan holda velosipedlarni ijraga olishdan tortib uni to‘lovlari to‘liq avtomatlashtiriladi.

Bu borada viloyat hokimi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish boshqarmasiga aniq takliflarni ishlab chiqish va bu yo‘nalishda xorojiy davlatlar tajribasini o‘rganish bo‘yicha topshiriqlarni berdi.

Ma’lumot uchun, Andijon shahrida 425 ming aholi istiqomat qiladi. Qariyb 40 mingga yaqin avtotransport vositalari mavjud. Viloyat miqyosida esa 187 mingta avtoulov bor.

Yangiliklar lentasi
0