O‘zbekiston va Chexiya tramvay ishlab chiqarishga kelishdi

Obuna bo‘lish
Chexiya delegatsiyasi bilan suhbat chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi

TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Chexiya va O‘zbekiston tramvay vagonlarini O‘zbekistonda birgalikda ishlab chiqarishga kelishib oldi, deb xabar berdi Samarqand viloyati hokimligi matbuot-xizmati.

Tramvay v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Chexiya O‘zbekistonda tramvay ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin
Chexiya Respublikasining "Pragoimpeks" kompaniyasi bosh direktori Vladimir Faltesik boshchiligidagi delegatsiya Samarqandga tashrif buyurgan.

"Delegatsiya a’zolari Samarqand shahar hokimi Furqat Rahimov bilan uchrashdi", — deyiladi xabarda.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, jumladan, Chexiyada ishlab chiqariladigan tramvay vagonlarini xarid qilish, ularga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash masalalar muhokama etilgan. Shuningdek, tramvay vagonlarini O‘zbekistonda birgalikda ishlab chiqarish, yo‘lovchilar uchun yanada qulayliklar yaratish bo‘yicha ham fikrlashib olingan.

Mehmonlar "Tramvay yo‘nalishlaridan foydalanish direksiyasi" davlat korxonasi faoliyati bilan ham tanishib, o‘zaro hamkorlik yuzasidan kelishuvlarga erishgan.

Yangiliklar lentasi
0