SSP o‘zbekistonlik tadbirkorlarni Tojikistonda ko‘rgazmada ishtirok etishga chorlamoqda

© © Sputnik / Amir IsayevRemeslennaya yarmarka v Ismailitskom sentre v Dushanbe
Remeslennaya yarmarka v Ismailitskom sentre v Dushanbe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mazkur ko‘rgazma-yarmarkada MDH, Xitoy va Eron davlatlari vakillari ishtirok etishi kutilmoqda

TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Savdo sanoat palatasi o‘zbekistonlik tadbirkorlarni Tojikistonda o‘tkaziladigan xalqaro ko‘rgazmaga taklif etmoqda.

"Sug‘d-2018" xalqaro ko‘rgazma-yarmarkasi 6-7 iyul kunlari Tojikiston Respublikasidagi Sug‘d viloyatining Xo‘jand shahrida bo‘lib o‘tadi.

Mazkur ko‘rgazma-yarmarkada MDH, Xitoy va Eron davlatlari vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

Ko‘rgazmada O‘zbekiston vakillari uchun 30 ta stend ajratilgan.

Har bir ko‘rgazma stendining o‘lchami 3x3, balandligi 2,2 metr. Ya’ni, bitta stendning maydoni 9 m2.

Mazkur ko‘rgazma-yarmarkada ishtirok etish istagini bildirgan tadbirkorlardan +99895 144 91 01 (D.Mengliyev) va +99893 550 77 05 F.Mamanov telefon raqamlari orqali bog‘lanish so‘ralmoqda.

Yangiliklar lentasi
0