TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi vakillari Xalqaro armiya o‘yinlarining 13 ta turida ishtirok etadi, deb xabar qildi Sputnik muxbiriga Mudofaa vazirligi matbuot-xizmati vakili.
Mudofaa vazirligi joriy yilda Xalqaro armiya o‘yinlarining 13 ta turida O‘zbekiston harbiy xizmatchilari ishtirok etadi. Shuningdek, Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurtining nomi o‘zgartirilib, endilikda O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy aviatsiya bilim yurti, deb ataladi, deb ta’kidlandi 19-iyun kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida Mudofaa vazirligi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, IV Xalqaro armiya o‘yinlari "ArMI-2018" 28-iyul sanasidan 11-avgust sanasiga qadar o‘tkaziladi. O‘yinlar davomida 27ta xalqaro tanlovlar o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
#ArMI2018 oltita davlat hududida o‘tkazish rejalashtirilgan: Rossiya, Ozarbayjon, Belarus, Eron, Qozog‘iston va Xitoy.