Mirziyoyev Rossiya va SAR o‘rtasidagi uchrashuvni tomosha qilib, O‘zbekistonga qaytdi

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishSeremoniya otkritiya ChM-2018 po futbolu
Seremoniya otkritiya ChM-2018 po futbolu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Moskvada oliy martabali mehmonlar qatorida Rossiya va Saudiya Arabistoni milliy terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni tomosha qildi

TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti jahon chempionatining ochilish marosimida ishtirok etdi va kunning o‘zida Toshkentga jo‘nab ketdi.

Shavkat Mirziyoyev sfotografirovalsya s ofitsialnim talismanom chempionata mira po futbolu 2018 goda - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev o‘g‘li va nabirasi bilan bo‘ri "Zabivaka" yonida suratga tushdi

Kuni kecha prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan  Moskvaga tashrif buyurgan edi. 

O‘zbekiston yetakchisi Rossiyada futbol bayramiga xos ko‘tarinki muhitda kutib olindi, o‘g‘li va nabirasi bilan futbol bo‘yicha 2018-yilgi jahon chempionatining ramzi — bo‘ri "Zabivaka" bilan suratga tushdi.

So‘ngra "Lujniki" olimpiya kompleksida o‘tkazilgan futbol bo‘yicha jahon chempionatining ochilish marosimida ishtirok etgan. 

O‘zbekiston rahbari oliy martabali mehmonlar qatorida Rossiya va Saudiya Arabistoni milliy terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni tomosha qildi va xorijiy davlatlar rahbarlari bilan muloqotlar o‘tkazdi. Mirziyoyev shu kunning o‘zida Toshkentga jo‘nab ketdi.

Yangiliklar lentasi
0