Anvar qori Tursunov vafot etdi - OAV

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishMusulmanin
Musulmanin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Anvar qori Tursunovning janozalari bugun peshin namozida Jumada "Oq masjid"da bo‘lishi ma’lum qilingan

TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Masjidlarda Anvar qori Tursunovning vafoti e’lon qilindi, deb xabar qildi o‘zbek OAVlari.

Shuningdek, Feysbuk ijtimoiy tarmog‘ida Abduqodir Sattarov nikli foydalanuvchi ham bu haqda xabar bergan.

"Bugun saharda Toshkent shahri bosh imom xatibi Anvar qori Tursunov olamdan o‘tdilar. Janozalari bugun peshin namozida Jumada "Oq masjid"da bo‘lishi ma’lum qilindi. Muqaddas oyda va muqaddas kun jumada rixlatga yo‘l oldilar…", — deb yozgan Sattarov o‘z postida.

"Qalampir" nashri xabariga ko‘ra, Anvar qori Tursunovning vafot etgani haqida mish-mishlar 7-iyun, payshanbadan jumaga o‘tar kechasi ijtimoiy tarmoqlarda  tarqalgan.

Nashr o‘z manbasiga tayanib bergan xabarga ko‘ra, bir hafta avval mahallada, xususan Anvar qori Tursunov xonadoni atrofida obodonlashtirish ishlari olib borilgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta oxirida ham qorining vafot etgani haqida xabarlar tarqalgan, biroq rasmiylar ushbu xabarlarni rad etgan.

Ayni vaqtda ijtimoiy tarmoqda xalq Anvar qori Tursunovning vafoti munosabati bilan uning oilasi va yaqinlariga ta’ziya bildirmoqda. 

Yangiliklar lentasi
0