TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Bir necha haftalik tinimsiz mashg‘ulotlardan keyinToshkent harbiy okrugiga qarashli "Markaz" desantchilar tayyorlash bazasida harbiy xizmatchilar "Toshkent dengizi"ga parashut bilan sakrashdi.
O‘quv maydonchasida harbiy xizmatchilar parashut bilan sakrashgacha bo‘lgan barcha jarayonni havo-desant tayyorgarligi ofitserlari va yo‘riqchilar tomonidan o‘tkazilayotgan nazariy, amaliy mashg‘ulotlarda puxta o‘rganib, jangovar vazifani muvaffaqiyatli bajardi, deb xabar qildi O‘zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot-xizmati vakili Sputnik O‘zbekiston muxbiriga.
"Harbiylar bir necha kun davomida MI-8 vertolotidan parashut bilan 400 metr balandlikdan sakrashni amalga oshirib, jangovar shayliklari, tayyorgarliklari qay darajada ekanligini namoyish etdi.
Suvga bexato "qo‘nish" desantchidan yetarli tajribani talab etadi. Bunda shamolning yo‘nalishi va tezligini inobatga olish, xavfsiz tushishni ta’minlaydi. Ular suvga tushgandan keyin parashutni yig‘ishtirib, qayiqchilarga topshirdi va qirg‘oqqacha bo‘lgan 200-300 metr masofani suzib o‘tdi", — dedi suhbatdosh.