TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasining Urugvay termasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi O‘zbekistonning SPORT TV hamda Rossiyaning Match TV telekanallari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etiladi, deb xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Bahs 8-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 04:00da Montevideo shahrida bo‘lib o‘tadi.
Ilgari bu ikki mamlakatning yoshlar terma jamoalari o‘zaro ro‘baro‘ kelishgan. O‘zbekiston terma jamoasi ilk bor jahon chempionatida g‘olib bo‘lgan terma jamoa bilan kuch sinashadi.
Eslatib o‘tamiz, JCh-2018da Urugvay 25-iyun kuni Rossiya, 15-iyun kuni Misr va 20-iyun kuni Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi.
O‘zbekiston terma jamoasi tarkibidan quyidagi futbolchilar joy olishgan.
Darvozabonlar: Botirali Ergashev ("Navbahor"), Umid Ergashev ("Nasaf"), Eldor Suyunov ("Paxtakor").
Himoyachilar: Rustam Ashurmatov ("Bunyodkor"), San’at Shixov ("Buxoro"), Akram Komilov ("Bunyodkor"), Doston Tursunov ("Neftchi"), Islom Qobilov ("Bunyodkor"), Sherzod A’zamov ("Paxtakor"), Shuhrat Muxammadiyev ("Lokomotiv"), Abbos Otaxonov ("Metallurg").
Yarim himoyachilar: Odil Hamrobekov ("Nasaf"), Aziz G‘aniyev ("Nasaf"), Javohir Sidiqov ("Qo‘qon-1912"), Aziz Turg‘unboyev ("Navbahor"), Jasur Yaxshiboyev ("Paxtakor"), Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor"), Ikrom Aliboyev ("Lokomotiv"), Islom Kenjaboyev ("Nasaf"), Xurshid G‘iyosov ("Bunyodkor"), Sardor Sobirxodjayev ("Bunyodkor").
Hujumchilar: Zabihillo O‘rinboyev ("Metallurg"), Bobir Abdixoliqov ("Nasaf").